«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya klubini tark etishi mumkin.
The Daily Briefing ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» 32 yoshli futbolchi uchun 50 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq portugaliyalik futbolchining o‘zi bosh murabbiy Maykl Karrik loyihasiga ishonadi va klub bilan hamkorlikni davom ettirishga qarshi emas.
Fernandesh joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.













