«Palermo» bosh murabbiyi Filippo Indzagi «Yuventus»da Zinedin Zidan bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi.
«Men kabi hujumchi uchun Zidan bilan birga o‘ynash haqiqiy sovg‘a edi», — deya Indzagining so‘zlarini Gazzetta dello Sport keltirdi.
Italiyalik mutaxassis Zidanga murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyat qozonishiga nima yordam bergani haqida ham fikr bildirdi.
«Agar senda futbol intellekti, xarakter va o‘yinning borishini tushunish qobiliyati bo‘lsa…», — dedi Indzagi.
Indzagi va Zidan 1997 yildan 2001 yilga qadar «Yuventus» safida birga to‘p tepgan. Ular 1997/98 yilgi mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.
2001 yil yozida Indzagi «Milan»ga, Zidan esa «Real»ga ko‘chib o‘tgan.













