Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Rafinya «Barselona»ga yangi futbolchi olib kelishda yordam berishi mumkin

Rafinya «Barselona»ga yangi futbolchi olib kelishda yordam berishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klubning asosiy maqsadlaridan biri — chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish.

Kataloniyaliklar allaqachon «Atletiko Paranaense» futbolchisi Artur Diasni kuzatishga ulgurgan. «Barselona» skautlar bo‘limi rahbari futbolchining imkoniyatlarini shaxsan baholash uchun Braziliyaga borgan.

Diasning so‘nggi vaqtdagi o‘sishi sezilarli bo‘lmoqda. U sentyabr oyi oxirida Karlo Anchelotti boshqarayotgan Braziliya terma jamoasida debyut ham qildi.

El Nacional xabariga ko‘ra, Diasga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Biroq «Barselona» uchun muhim ustunlik Rafinya bo‘lishi mumkin. U Braziliya terma jamoasi kiyinish xonasida katta obro‘ga ega.

Rafinya 19 yoshli Dias bilan suhbatlashib, uni «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi mumkin.

Transfermarkt Artur Diasning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda. Biroq amalda transfer 25–30 million yevro atrofida amalga oshishi mumkin.

Kiritildi: 18:34, 02.10.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик