Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Noa Lang: «Bir yildan beri o‘sishga erisha olmayapman»

Noa Lang: «Bir yildan beri o‘sishga erisha olmayapman»

Baho:
+ | -

«Napoli» hujumchisi Noa Lang o‘zining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, men har qanday jamoa o‘z safida ko‘rishni istaydigan futbolchiman. O‘z darajamda o‘ynasam, istalgan raqibni yengib o‘ta olaman. Hamma ko‘rishga odatlangan o‘sha Noa Langga yana aylanishni juda istayman. Endi hammasi o‘zimga bog‘liq, bor kuchimni berishim kerak», — deya futbolchining so‘zlarini Goal portali keltirdi.

«So‘nggi bir yil juda qiyin o‘tdi. Agar hammasi oson bo‘ldi desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Shaxsan o‘zim bir yildan beri rivojlana olmayapman, deb his qilaman».

Joriy mavsumda «Napoli» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladigan futbolchi klub miqyosida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 18:38, 02.10.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик