Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Luis Enrike «PSJ» uchun yangi futbolchi tanladi

Luis Enrike «PSJ» uchun yangi futbolchi tanladi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasini kuchaytirish uchun yangi futbolchini tanladi. Ispaniyalik mutaxassis Fransiya Liga 1 grandi «Atletiko» yarim himoyachisi Pablo Barriosni o‘z safiga qo‘shib olishini istamoqda.

«Enrike Barriosni o‘z o‘yin uslubiga juda mos futbolchi deb hisoblaydi va uning rivojlanish uchun hali katta salohiyati borligiga ishonadi. Uning pressing qilish, katta masofalarni bosib o‘tish, raqib chiziqlarini yorib o‘tish va to‘p bilan o‘yinda faol qatnashish qobiliyati Parijda uni nima uchun ham bugungi kun, ham kelajak uchun muhim transfer sifatida ko‘rishlarini tushuntiradi», — deyiladi El Nacional nashri materialida.

Shu bilan birga, Pablo Barriosni «Atletiko»dan sotib olish oson bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda. Agar Madrid klubi «PSJ»ning dastlabki taklifini rad etsa, parijliklar transferni amalga oshirish imkoniyatini saqlab qolish uchun taklif miqdorini sezilarli darajada oshirishiga to‘g‘ri keladi.

Luis Enrike ushbu transfer amalga oshishini istamoqda.

Transfermarkt 23 yoshli Pablo Barriosning bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 18:48, 02.10.2026.
O'qildi: 1497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик