Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Materassi JCH-2006 finalini esladi: «Biz o‘zga sayyoraliklarga qarshi o‘ynagandek edik»

Materassi JCH-2006 finalini esladi: «Biz o‘zga sayyoraliklarga qarshi o‘ynagandek edik»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marko Materassi 2006 yilgi jahon chempionati finalida Fransiyaga qarshi o‘yinni esladi. O‘sha bahsda gol urgan va Zinedin Zidanning chetlatilishiga sabab bo‘lgan epizod ishtirokchisiga aylangan Materassi raqib juda kuchli jamoa bo‘lganini ta’kidladi.

«2006 yilgi jahon chempionatida biz go‘yo o‘zga sayyoraliklarga qarshi o‘ynagandek edik. Ammo, bilasiz, futbolda har doim ham kuchli jamoa g‘alaba qozonavermaydi», — dedi Materassi Trentoda o‘tkazilgan Sport festivalida.

Sobiq himoyachi 2010 yilgi Chempionlar ligasi finalini ham esladi. O‘sha uchrashuvda «Inter» «Bavariya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

«Chempionlar ligasi finali oldidan Mourinyodan «Ular qanday jamoa?» deb, «Bavariya»ni nazarda tutgan holda so‘radim. U esa: «Xotirjam bo‘l, sen maydonga tushasan, biz 2:0 hisobida g‘alaba qozonamiz», deb javob berdi».

Kiritildi: 18:54, 02.10.2026.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик