Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Mirabror Usmonov kubogi": O‘zbekiston U-20 Armanistonni tor-mor etdi

"Mirabror Usmonov kubogi": O‘zbekiston U-20 Armanistonni tor-mor etdi

Baho:
+ | -

"Mirabror Usmonov kubogi-2026" turnirida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Armaniston U-20 ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari turnirdagi ilk uchrashuvini 5:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

O‘yinda raqib birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Bahsning 36-daqiqasida Abdulfayz Bobomurodov muvozanatni tikladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Davron To‘laganov jamoamizning ikkinchi golini urdi. To‘laganov 47-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Uchrashuv yakuniga yaqin Kamron Yusupov ham o‘zini ko‘rsatdi. U 76 va 78-daqiqalarda gol urib, ikki daqiqa ichida dubl rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-20 "Mirabror Usmonov kubogi-2026"ni yirik g‘alaba bilan boshladi.

"Mirabror Usmonov kubogi-2026"

O‘zbekiston U-20 — Armaniston U-20 — 5:1

Gollar: Abdulfayz Bobomurodov, 36; Davron To‘laganov, 38, 47; Kamron Yusupov, 76, 78.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:58, 02.10.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик