Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Bastoni Fransiyaga urgan golidan so‘ng: «Bu durang bizga ishonch beradi»

Bastoni Fransiyaga urgan golidan so‘ng: «Bu durang bizga ishonch beradi»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi safarda 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aynan «Inter» futbolchisi 68-daqiqada gol urib, Italiyaga bir ochko olib keldi.

«O‘yin og‘ir kechdi, ammo bu biz uchun yangilik emasdi — oldindan nimalar kutayotganini bilardik. Jamoaning o‘yinidan juda mamnunman. Biz oxirigacha kurashdik, bor kuchimizni berdik va g‘alabani nishonlashga tayyorlanayotgan fransuzlarning rejasini buzdik.

Albatta, yana gol urganimdan xursandman, ammo golimdan keyin darhol qolgan vaqtda to‘p o‘tkazib yubormaslik muhimligini o‘yladim. Bu yerdagi durang — yaxshi natija va u bizga ishonch beradi.

Ha, ikki o‘yinda ketma-ket gol urishimni kutmagandim, ammo o‘zimga bo‘lgan ishonchni hech qachon yo‘qotmaganman. Bir nechta omadsiz epizod 300 dan ortiq o‘yindan iborat faoliyatimni yo‘qqa chiqara olmaydi. Qo‘llab-quvvatlagani uchun oilamdan minnatdorman», — dedi Bastoni RAI Sport telekanaliga bergan intervyusida.

5 oktyabr kuni Italiya o‘z maydonida Turkiyani qabul qiladi.

Kiritildi: 03:33, 03.10.2026.
O'qildi: 428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик