Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello o‘zining muvaffaqiyatli murabbiylik faoliyatida katta rol o‘ynagan inson kimligini aytdi. U «Milan»ning sobiq egasi Silvio Berluskoni ekanini ta’kidladi.
Aynan Berluskoni Arrigo Sakki Italiya terma jamoasini boshqarishga qaror qilganidan so‘ng Kapelloni «Milan» bosh murabbiyi lavozimiga taklif qilgan.
«Men hamma narsa uchun undan qarzdorman. Futboldagi yo‘lim biroz «Inter»dagi Kivu hikoyasini eslatadi — o‘tgan mavsumga qadar ko‘pchilik tanqid qilgan futbolchini», — dedi Kapello.
Eslatib o‘tamiz, Silvio Berluskoni 2023 yilda vafot etgan. Uning «Milan»ni 30 yil davomida boshqargan davri klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli bosqich sifatida e’tirof etiladi.













