«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini jamoasining argentinalik hujumchisi Paulo Dibala haqida yuqori fikr bildirdi.
— Dibala siz murabbiylik qilgan futbolchilar orasida eng yaxshisimi?
— Dibala — eng yaxshilardan biri, balki eng yaxshisi hamdir. Faoliyatim davomida juda kuchli futbolchilar bilan ishlaganman. Men ularni «shoirlar» deb atayman: «Krotone»dagi Jedadan tortib, «Atalanta»dagi Ilichich va Alexandro Gomesgacha. Shuningdek, Milito va Tyago Motta ham bor edi.
Bunday futbolchilarni kuzatgan har qanday inson ular qalbning mutlaqo o‘ziga xos torlariga ta’sir qilishini his qiladi», — dedi Gasperini.
Paulo Dibala 2022 yil iyulidan buyon «Roma» safida to‘p tepmoqda. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchining bozor qiymati 5 million yevroga baholanadi.













