Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Donnarumma Parijga qaytishi haqida: «Bu men uchun alohida o‘yin edi»

Donnarumma Parijga qaytishi haqida: «Bu men uchun alohida o‘yin edi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma UYEFA Millatlar ligasi 3-turida Fransiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan o‘yin uchun Parijga qaytishi haqida fikr bildirdi.

«Parijga qaytish doim yoqimli. Bu men uchun alohida o‘yin edi. Ko‘plab eski do‘stlarimni ko‘rish juda yaxshi bo‘ldi. Biz juda kuchli o‘yin o‘tkazdik.

«Stad de Frans»da o‘ynash doim zavq bag‘ishlaydi va bugun kechqurun bu yerda ajoyib muhit hukm surdi», — dedi Donnarumma.

Donnarumma 2021 yildan 2025 yilga qadar «PSJ» safida to‘p tepgan. Shu davr mobaynida italiyalik darvozabon 161 ta o‘yin o‘tkazib, 156 ta gol o‘tkazib yuborgan va 53 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 04:19, 03.10.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик