Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Bolonya»ning asosiy o‘yinchilaridan biri operasiya o‘tkazdi

«Bolonya»ning asosiy o‘yinchilaridan biri operasiya o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Shvesiyalik himoyachi Emil Xolm juma kuni ertalab o‘ng son orqa qismi mushagi payini tiklash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Operasiya Finlyandiyada o‘tkazildi. Uni professor Lasse Lempaynen «Bolonya» klubi shifokori Luka Bini ishtirokida amalga oshirdi.

Futbolchi reabilitasiya dasturini boshlashdan oldin ma’lum muddat uy sharoitida dam olish tartibiga amal qiladi. Italiya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xolmning tiklanishi taxminan 4 oydan 6 oygacha davom etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Bolonya»ning A Seriyadagi ishlari yaxshi ketmayapti. Jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:21, 03.10.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик