Romelu Lukaku va Kevin de Bryoyne Belgiya terma jamoasi safida yana o‘zlarining eng yaxshi davrlaridagidek porlashdi.
Juma kuni «Napoli»ning 35 yoshli yarim himoyachisi Turkiya terma jamoasi darvozasiga 10 va 59-daqiqalarda ikkita gol urdi. Uchrashuvdagi yakuniy hisobni esa 76-daqiqada «Fenerbahche»ning 33 yoshli hujumchisi Romelu Lukaku o‘rnatdi — 3:0.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Lukaku va de Bryoyne 2010 yilda terma jamoadagi debyutidan buyon Belgiya uchun birgalikda 134 ta gol urgan. Bu jamoaning shu davrdagi barcha gollarining 30 foizini tashkil etadi. Lukaku 94 ta, de Bryoyne esa 40 ta gol muallifi. Shu tariqa, ular so‘nggi 16 yilda «qizil iblislar» urgan barcha gollarning qariyb uchdan bir qismiga hissa qo‘shgan.













