O‘tgan asrning oxirida «Milan» safida to‘p tepgan germaniyalik futbolchi Oliver Birxoff o‘sha jamoaning eng buyuk vakili sifatida Paolo Maldinini ko‘rishini aytdi.
«Agar mendan eng buyuk futbolchi kim deb so‘rashsa, Paolo Maldini deb javob beraman. U doimo jamoa yonida bo‘lgan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor turgan va muntazam mashg‘ulot o‘tkazgan.
Tajribali futbolchilar bilan bir dasturxon atrofida o‘tirish juda qiziq edi — ular hazillashishni yaxshi ko‘rishardi. Boban, Rossi, Kostakurta bor edi. Hatto makaron uchun qaysi yog‘ eng mos kelishi haqida ham gaplashardik. Vea esa ancha kamgap edi», — deya Birxoffning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.













