Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-1 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Real" Mastantuononing kelajagiga ishonch bildirmoqda

"Real" Mastantuononing kelajagiga ishonch bildirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuono joriy mavsumni "Fiorentina" safida ijara asosida o‘tkazmoqda.

19 yoshli futbolchi Italiyada o‘zini ko‘rsata oldi va hozirga qadar uchta gol urdi. Qizig‘i, ularning barchasini "Venesiya"ga qarshi 4:2 hisobida yakunlangan bitta o‘yinda kiritdi.

AS ma’lumotiga ko‘ra, "Real" rahbariyati argentinalik futbolchining kelajagiga to‘liq ishonch bildirmoqda. Mastantuononing o‘zi ham ijara shartnomasi yakunlangach, Madridga qaytib, yana "Real" asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashish niyatida.

O‘tgan mavsumda Franko Mastantuono "Real" safida 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Yosh futbolchining Ispaniya klubi bilan shartnomasi 2031 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 10:06, 03.10.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик