"Portu" hujumchisi Samu Agexova 2026 yilgi "Oltin to‘p" sovriniga Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal loyiq, deb hisoblaydi.
"Men sovrinni ispaniyalik futbolchiga, aniqrog‘i Yamalga bergan bo‘lardim. Lamin — o‘yin taqdirini o‘zgartira oladigan futbolchi. Bu yigit tanlangan. Ispaniya terma jamoasida u kabi futbolchi borligi katta omad. Umid qilamanki, bu yil u g‘olib bo‘ladi", — dedi Agexova.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi. Sovrin uchun asosiy da’vogarlar qatorida Lamin Yamal, Xarri Keyn va Lionel Messi tilga olinmoqda.













