Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-1 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Ispan himoyachisi uchun "Barselona" va "Arsenal" raqobatlashishi mumkin

Ispan himoyachisi uchun "Barselona" va "Arsenal" raqobatlashishi mumkin

Baho:
+ | -

"Sporting" klubining o‘ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda Yevropaning ikki yirik klubi qiziqish doirasiga kirgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchini transfer qilishga La Liga grandi "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar Jyul Kundening sotilishi ehtimoli borligi sabab himoyaning o‘ng qanoti uchun yangi futbolchi qidirmoqda.

Biroq "Barselona" Fresneda uchun "Arsenal" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. London klubi ham 22 yoshli himoyachini kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Fresneda barcha musobaqalar doirasida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:16, 03.10.2026.
O'qildi: 413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик