Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Manchester Yunayted" Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

"Manchester Yunayted" Lyuk Shouga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Lyuk Shou yaqin vaqt ichida klubdan yangi shartnoma taklifini olishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" Shou bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni 2027 yil yanvar oyida boshlashni rejalashtirmoqda.

Turli mish-mishlarga qaramay, klub 31 yoshli himoyachiga uzoq muddatli istiqbolda ham ishonch bildirmoqda. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" Shou uchun raqobatchi bo‘la oladigan yangi futbolchi izlash ishlarini ham olib bormoqda.

Joriy mavsumda Lyuk Shou Angliya Premyer-ligasida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma berdi.

Angliyalik futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:13, 03.10.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик