Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jud Bellingem o‘z o‘yinini yangi darajaga olib chiqqanini ta’kidladi.
«Real» yarim himoyachisi Xorvatiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda (7:0) bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Hozircha u haqiqatan ham yangi darajaga ko‘tarilgan, deb aytish mumkin. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak. O‘tgan hafta namoyish etilgan darajaning o‘zi hech qachon yetarli bo‘lmaydi — futbolning tabiati shu.
Bir joyda to‘xtab qolish mumkin emas. Bu xuddi harakatlanayotgan eskalatorning yo‘nalishiga qarshi yurishga o‘xshaydi. Rivojlanish va keyingi bosqichga intilish kerak. Futbolda bu doimo zarur», — dedi Tuxel.













