Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde «Barselona»da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqida fikr bildirdi.
Futbolchidan bu holat jarohatlar bilan bog‘liqmi yoki «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xansi Flikning qarori ekanmi, deb so‘rashdi.
«Bu murabbiyning qarori, shuningdek, o‘tgan mavsumdagi voqealarning natijasi ham. O‘tgan mavsumda men o‘z standartlarimdan ancha past darajada o‘ynadim va bu chaqiriqni mamnuniyat bilan qabul qilaman.
Avvalgi holatimni qayta tiklashim kerak. Optimal jismoniy holatda bo‘lganimda, bu pozisiyada o‘ynay olaman», — dedi Kunde milliy terma jamoa matbuot anjumanida.
Fransiya ertaga Millatlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida Belgiyani o‘z maydonida qabul qiladi.













