Riko Lyuis Angliya terma jamoasining xalqaro tanaffusdagi so‘nggi o‘yini — Chexiyaga qarshi bahs uchun tarkibga chaqirildi.
«Manchester Siti» himoyachisi hozirda Tomas Tuxel jamoasida bo‘lgan Elliot Anderson va Mark Geiga qo‘shilib, klubning termadagi uchinchi futbolchisiga aylandi.
Lyuis Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasidan asosiy tarkibga ko‘tarildi. U Li Karsli boshqarayotgan U21 jamoasiga 2027 yilgi Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam berdi.
21 yoshli futbolchi Angliya asosiy terma jamoasi safida hozirgacha 5 ta uchrashuv o‘tkazgan. Uning so‘nggi o‘yini 2024 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Lyuisning chaqiruvi «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Niko O’Rayli Ispaniya ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng hafta boshida terma jamoa tarkibini tark etganidan keyin amalga oshdi.
Angliya terma jamoasi xalqaro tanaffusdagi so‘nggi uchrashuvini 6 oktyabr kuni o‘tkazadi. Shundan so‘ng «Manchester Siti» futbolchilari klubga qaytib, ichki chempionat o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlaydi.
«Manchester Siti» 11 oktyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi.













