"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde "Chelsi" klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Jorje Jezus xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso fransiyalik futbolchining iqtidoriga yuqori baho beradi va uning katta muxlisi hisoblanadi.
Biroq "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kundeni sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Futbolchining o‘zi ham Kataloniya klubini tark etish niyatida emas.
Shu bilan birga, Kunde ayni paytda eng yaxshi sport formasida emasligini tushunadi va avvalgi yuqori darajasiga qaytishni maqsad qilgan.
Hozirda fransiyalik futbolchining tarkibdagi o‘rnini Erik Garsiya egallab turgan bo‘lsa-da, Flik Kundega ishonch bildirishda davom etmoqda.













