Hujumchi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini Beninga qarshi o‘tkazdi. "Albiseleste" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, 39 yoshli forvard esa bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyati davomida 46 ta turli milliy jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan.
U eng ko‘p Yevropa terma jamoalariga qarshi gol urgan — 14 ta jamoa. Shuningdek, hujumchi KONKAKAF mintaqasining 10 ta, KONMEBOLning 9 ta, Afrikaning 7 ta va Osiyoning 6 ta terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida jami 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













