Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Dani Sebalyos "Real"ni nega tark etganini tushuntirdi

Dani Sebalyos "Real"ni nega tark etganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Betis" yarim himoyachisi Dani Sebalyos o‘tgan yozda Madridning "Real" klubini tark etish qarori haqida gapirdi.

"Men gaplashgan deyarli barcha odamlar "Real" bilan shartnomamning so‘nggi yilidan voz kechganim uchun meni aqldan ozgan deb o‘ylashdi.

Menga munosib variant paydo bo‘lguncha kutishim kerakligini aytishdi. Ammo men "Real" oldida o‘zimni qarzdor his qilardim va o‘n yil davomida menga juda ko‘p narsa bergan klubga hurmat ko‘rsatishim shart edi.

Bu bobni bir umrga yopish vaqti kelgandi", — dedi Sebalyos PTV Sevilla telekanalidagi Zona Deporte dasturiga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Sebalyosning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:51, 07.10.2026.
O'qildi: 407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик