"Bolonya" "Inter"ning sobiq himoyachisi Matteo Darmianni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.
36 yoshli futbolchi erkin agent maqomida edi. U tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va Kasteldebolyoda jamoa bilan mashg‘ulot ham o‘tkazdi.
Kutilishicha, seshanba kuni "Bolonya" transferni rasman yakunlaydi.
Darmian bilan shartnoma 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yangi klubida yiliga taxminan 800 ming yevro maosh oladi va bunga qo‘shimcha bonuslar ham qo‘shiladi.
Bu summa uning "Inter"dagi avvalgi maoshidan sezilarli darajada kam. Milan klubida Darmian yiliga 2,5 million yevro maosh olgan.













