Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Buxoro"ga qarshi o‘yin oldidan "Andijon"da kadrlar muammosi yuzaga keldi

"Buxoro"ga qarshi o‘yin oldidan "Andijon"da kadrlar muammosi yuzaga keldi

Baho:
+ | -

"Andijon" jamoasi O‘zbekiston Superligasi 23-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotini o‘tkazdi.

9 oktyabr kuni Buxoroda bo‘lib o‘tadigan bahs arafasida jamoa tarkibida bir qator yo‘qotishlar mavjud.

Gruziyalik futbolchi Aleksandr Andronikashvili jarohatini o‘z yurtida davolashda davom etmoqda. Imeda Ashortiya ham jarohati sabab ayni paytda muolaja olmoqda.

Aziz Turg‘unboyev va Muhammadkarim Toirov esa jarohatidan tiklanish jarayonini boshlagan. Ular individual tiklanish mashqlarini bajarmoqda, biroq hozircha uchrashuvda ishtirok etish uchun to‘liq tayyor emas.

Shuningdek, serbiyalik himoyachi Nemanya Chalasan ham Buxorodagi bahsni o‘tkazib yuboradi. Uning sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetgani sabab futbolchi navbatdagi turda maydonga tusha olmaydi.

Bugun "Andijon" futbolchilari klub qarorgohida safar oldidan yakuniy mashg‘ulotni o‘tkazdi. Jamoa kechki payt Buxoroga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" — "Andijon" uchrashuvi 9 oktyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:27, 07.10.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик