Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Millatlar ligasida «chetlatishga assist» yuzaga keldi (foto)

Millatlar ligasida «chetlatishga assist» yuzaga keldi (foto)

Baho:
+ | -

Millatlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (1:2) g‘ayrioddiy holat yuz berdi.

«Real» himoyachisi Mark Kukurelya Ivan Perishichning chetlatilishiga sababchi bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi orqasidan turtib yuborilganidan keyin yerga yiqilib, faol ravishda imo-ishoralar qildi.

Hakam bu holatga e’tibor qaratdi va qizil kartochka ko‘rsatish uchun xorvatiyalik futbolchi tomon yo‘l oldi. Biroq u kartochkani yerga tushirib yubordi.

Kukurelya sarosimaga tushmay, kartochkani tezda yerdan olib, hakamga qaytardi. Shundan so‘ng referi Perishichni maydondan chetlatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ispaniyalik futbolchining bu harakati hazilomuz tarzda «chetlatishga assist» deb ataldi.

Perishich bilan bog‘liq epizoddan so‘ng Splitdagi stadionda xorvatiyalik muxlislar «Real» futbolchisini to‘pga har bir tegishida hushtakbozlik bilan qarshi ola boshladi.

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Kukurelyani «provokator» deb atadi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 19:30, 07.10.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик