Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Feliks Yevropaga qaytmoqchi, ammo «An-Nasr»ning boshqa rejasi bor

Feliks Yevropaga qaytmoqchi, ammo «An-Nasr»ning boshqa rejasi bor

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Joau Feliks Yevropaga qaytish istagida bo‘lsa-da, jamoa rahbariyati portugaliyalik futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Sport nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng Yevropaning yetakchi chempionatlaridan birida yana o‘z kuchini sinab ko‘rishni xohlayotganini avval ham bildirgan.

Biroq «An-Nasr»ning yangi prezidenti Feliksni jamoada saqlab qolishga qat’iy bel bog‘lagan. Klub rahbariyati hujumchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha allaqachon ish boshlagan.

So‘nggi vaqtlarda Joau Felishning «Barselona»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, portugaliyalik futbolchiga Yevropaning boshqa bir qator yirik klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, «An-Nasr» o‘zining yetakchi futbolchilaridan biri bilan xayrlashishni istamayapti va uning kelajagini uzoq muddatga klub bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Joau Felishning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi ushbu kelishuvni yana ikki yilga uzaytirishi mumkin.

Kiritildi: 12:45, 08.10.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик