«Barselona» hujumchisi Gabriel Jezus Kataloniya klubida to‘p surish u uchun orzusining ushalishi ekanini ta’kidladi.
Braziliyalik futbolchi o‘tgan yozgi transferlar oynasida Londonning «Arsenal» klubidan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan edi.
«Men uchun «Barselona» safida o‘ynash — ushalgan orzu», — deya Jezusning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
29 yoshli hujumchi Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur bahsda kataloniyaliklar raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Gabriel Jezus esa jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.
Qayd etilishicha, «Barselona» braziliyalik futbolchining transferi uchun 10 million yevro sarflagan. Jezus Kataloniya klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.













