Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Matis Albert Germaniya Bundesligasini Angliya Premyer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» 17 yoshli iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyati borligini rasman ma’lum qilgan. Vaziyat rivojini Angliyaning yana ikki klubi — «Arsenal» va «Liverpul» ham kuzatib bormoqda.
Amerikalik vingerning dortmundliklar bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 5 million yevro deb baholamoqda.
Albert o‘tgan yilning yozidan buyon Dortmundning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.













