"Everton" "Xall Siti"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qochib qutulganiga qaramay, murabbiy Devid Moyes natijadan norozi.
"Umumiy o‘yinimizdan juda xafa bo‘ldim. Biz so‘nggi paytlardagidan ancha yomon o‘ynadik. Bu achinarli: 2:1 hisobida oldinda bo‘lganimizda, g‘alabani qo‘ldan boy bermasligimizga amin edim. Ammo himoyadagi bir nechta xatolar bizga xalaqit berdi va biz vaziyatni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan bir qator imkoniyatlarni ham qo‘ldan boy berdik", - dedi mutaxassis.
Angliya Premyer-ligasining keyingi, yettinchi turida "Everton" 17 oktyabr, shanba kuni "Chelsi" bilan o‘ynaydi.













