Serbiyalik futbolchi Dushan Vlaxovich «Beshiktosh» safida sermahsul o‘yinlarini davom ettirib, XXI asrda klubdagi debyutidan boshlab ketma-ket to‘rtta uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Vlaxovich «Kodjaelispor»ga qarshi bahsning 31-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvda «Beshiktosh» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va Turkiya Superligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik markaziy hujumchi bundan avvalgi to‘rt yilni Turinning «Yuventus» klubida o‘tkazgan. O‘z vaqtida klub uning transferi uchun 70 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan.













