«Liverpul» sardori Virjil van Deyk «Manchester Siti»ga qarshi omadsiz o‘yin haqida fikr bildirdi. Ushbu bahsda uning jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Angliya Premyer-ligasidagi uy uchrashuvlaridagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘yicha salbiy rekordini takrorladi.
«Hali vaziyatga oydinlik kiritilmagani sababli aytishim mumkin bo‘lgan yagona gap shuki, menga bu raqobat haqiqatan ham yoqqan edi. Ammo bu maydonda sodir bo‘lgan voqealarga taalluqli. Maydon tashqarisida yuz bergan holatlar esa butunlay boshqa masala. Hali ham bu mag‘lubiyat og‘rig‘i sezilib turgani uchun bu haqda izoh bermaganim ma’qul», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, omadsizlikning asosiy sabablaridan biri van Deykning hamyurti Rayan Gravenberxning maydondan chetlatilishi bo‘ldi.













