Fransiyaning «Lill» klubi Yevropaning kuchli beshta chempionati jamoalari orasida minimal hisobdagi g‘alabalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Olivye Jiru jamoasi o‘tgan mavsum va joriy mavsumning shu kungacha bo‘lgan qismida jami 10 marta minimal hisobda g‘alaba qozongan.
Ikkinchi o‘rinni to‘qqizta g‘alaba bilan Londonning «Arsenal» klubi egallab turibdi. Uchinchi o‘rin uchun esa Italiyaning ikki klubi — Massimiliano Allegri boshqarayotgan «Napoli» va uning sobiq jamoasi «Milan» kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Lill» Fransiya chempionatining oltinchi turida «Gavr»ni ham minimal hisobda mag‘lub etdi. Ayni paytda «doglar» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













