«Barselona» skautlar bo‘limi rahbari Joau Amaral jamoaning sobiq hujumchisi Vitor Roke haqida o‘z fikrlarini bildirib, uning Kataloniyada o‘zini ko‘rsata olmagani sabablarini tushuntirdi.
Braziliyalik futbolchi 2024 yil boshida «Atletiko Paranaense»dan 30 million yevro evaziga «Barselona» safiga qo‘shilgan. Biroq yosh hujumchi asosiy jamoadan o‘rin ola olmadi. 2025 yil fevral oyida esa «Betis»da ijara asosida to‘p surganidan so‘ng, 25,5 million yevro evaziga «Palmeyras»ga sotildi.
«Rokening o‘yin uslubi «Barselona»ga mos kelardi, ammo vaqt masalasi to‘sqinlik qildi. U yanvar oyida keldi va darhol ommaviy axborot vositalarining katta e’tibori ostida qoldi. Janubiy amerikalik futbolchilar Yevropa futboliga moslashishi uchun odatda zarur bo‘ladigan 5–6 oy vaqt unga yetishmadi», — deya Amaralning so‘zlarini keltiradi Barca Buzz.
Hozirda Vitor Roke 21 yoshda. U «Palmeyras»ning asosiy tarkibidan joy olgan va jamoa safida 93 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urishga ulgurgan.













