Ekaterinburg shahrining «Ural» klubi o‘ziga xos aksiya tashkil etib, muxlislardan Qorboboga xat yozishni iltimos qilgan va shahar markazida xat tashlaydigan qutini joylashtirgan edi.
Tadbir davomida bir necha yuz kishi, 8 oylik bolakaydan 65 yoshgacha bo‘lgan otaxonlar ham xat yozib, turli istaklarni bildirishdi.
Bundan tashqari, nigeriyalik futbolchi o‘zining 26ta fotosuratini yuborib, uni ko‘rikka taklif qilinishini iltimos qilgan.
Endi u Premyer-liga jamoasiga taklif qilinadi va ko‘rikdan o‘tkaziladi.