Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Xitoyda legionerlarga qo‘yilayotgan cheklov osiyolik futbolchilar ishini qiyinlashtiradi. Odil Ahmedovning ham

Xitoyda legionerlarga qo‘yilayotgan cheklov osiyolik futbolchilar ishini qiyinlashtiradi. Odil Ahmedovning ham

Baho:
+ | -

Xitoy Super ligasida endi faqatgina uch nafar xorijlik futbolchi maydonda harakat qilishi mumkin. Bu haqda «Sports.ru» nashri xabar berdi.

Yangi qoidaga ko‘ra, o‘yin qaydnomasidan besh nafar legioner futbolchi o‘rin egallashi uchun imkon beriladi. Shularning faqatgina uch nafari bir vaqtning o‘zida maydonda to‘p sura oladi. Bundan tashqari, har bir klub uchrashuv qaydnomasiga ikki nafar 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchini kiritishi kerak. Ulardan biri asosiy tarkibda to‘p surishi shart.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari Xitoy futbol fedarasiyasi bu qarorga mamlakat hukumatining ta’siri ostida kelganini qayd etgan. Uning qachon kuchga kirishi hozircha aniq emas, lekin bundan barcha klublar voqif qilingan. Qayd etish kerak, Xitoy chempionatida yangi mavsum 4 mart sanasida start oladi.

Avvalroq Xitoy chempionatida bir nafar osiyolik va to‘rt nafar xorijlik futbolchini qaydnomaga kiritish mumkin bo‘lib, maydonda osiyolik va yana uch nafar boshqa legioner harakat qilishi mumkin edi. Yangi qaror esa osiyolik futbolchilar imkoniyatini pasaytirib yuborishi mumkin.

Masalan, «Shanxay SIPG» bosh murabbiyi Andre Villash-Boash maydonga Odil Ahmedovni tushirishi uchun Elkesen, Oskar, Xalk va Rikardu Karvalyu kabi futbolchilardan istalgan ikkitasini zaxirada qoldirishga majbur bo‘ladi. Ahmedov bunga erisha oladimi yoki yo‘q, aytish qiyin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:12, 15.01.2017.
O'qildi: 23497 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.