Qatar terma jamoasi Doxada Moldova bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
JCH–2018 saralashidagi raqibimiz hujumchisi Sebastyan Soria 3-daqiqada hisobni ochdi. Biroq moldovaliklar 25-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Natijada o‘yin durang natija bilan yakunlandi.
O‘rtoqlik o‘yini
Qatar – Moldova 1:1 (1:1)
Gollar: Sebastyan Soria (3) – Andrey Kojokar (25)