Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Zidanning taktik yurishi qanday chiqdi?

Zidanning taktik yurishi qanday chiqdi?

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida Sevilyaga safar qilgan “Real” Madrid kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Ko‘pchilik futbol ishqibozlari va mutaxassislari tomonidan Zidanning 3-5-2 taktikasi qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘lgani haqida qizg‘in muhokama qilinmoqda.

“Real” Madrid – katenachcho uslubida…

Bir necha kun oldin David Trezege sobiq jamoadoshi haqida o‘z fikrlarini bildirgan edi. “Italiya futboli Zidanga ko‘p bora yordam berdi va murabbiy sifatida esa, italyancha futbolning ba’zi xususiyatlarini tatbiq etdi”. “Yuventus”ning sobiq 10-raqam egasi La Liga doirasida “Sevilya”ga qarshi kechgan bahsda A Seriyaning eski taktikalaridan birini qo‘llab ko‘rdi. “Real” ustozi 3-5-2 taktik sxemasini afzal ko‘rdi. Jamoa himoyalanayotgan paytda ushbu taktika 5-3-2 sxemasiga o‘zgarishi bilan jamoaga qo‘l kelishi mumkin. Ushbu taktikada Serxio Ramos liberoga (erkin himoyachi) aylandi. Unga himoyada Varan va Nacholar yordam berdi. Karvaxal va Marselo odatdagidek qanot himoyachilari vazifasini o‘tadi. Kazemiro esa yarim himoyada to‘pni jamoaga qaytarish bilan shug‘ullanishi, yarim himoyadagi sheriklari Modrich va Krooslarga erkinlik yaratishi kerak edi. Ushbu bahsda esa bu taktika andalusiyaliklarga qarshi hech qanday jiddiy xavf tug‘dirmadi. Krishtianu Ronaldu va Benzemalar jamoadan uzilib qoldi. Gol esa Karvaxalning oldinga intilishi va «Sevilya» darvozaboni Rikoning xatosi evaziga urildi.

B reja yo‘qmidi ?

Hisobda oldinga chiqib olgan “Real” ajoyib imkoniyatga ega edi. Zizuning passivligi o‘yinning oxirgi qismida jamoasiga ta’sir o‘tkazdi. “Real” tarkibidagi yagona o‘zgarish 75-daqiqada bo‘ldi. Pozitsion o‘zgarish amalga oshirildi. Yarim himoyachi Toni Kroos o‘rniga boshqa yarim himoyachi Mateo Kovachich maydonga tushirildi. Marca nashrida chop etilgan tahlilida journalist Raul Kalvapal quyidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. “Ushbu vaziyatda “Real” ustozi tajribasizlik qildi. 1-0 hisobida oldinda borayotgan paytda o‘yinni o‘zgartirishi kerak edi. Marselo va Karvaxalni o‘z joyiga qaytarishi va qarshi hujumda faollikni oshirish uchun Lukas Vaskesni o‘yingga tushirishi lozim edi.”

Xulosa: taktika ishonchli emas

“Ramon Sanches Pisxuan”dagi mag‘lubiyat Zidanni to‘satdan futbol dahosi qilgani yo‘q. Marcaga ko‘ra «Zidan 3-5-2 taktikasini qo‘llab naqadar iste’dodli ekanini ko‘rsata oldi, biroq o‘yin davomida uzoq vaqt ushbu taktikani qo‘llashi tushunarsiz.» Ayniqsa, o‘ta himoyaviy taktika tanlanishi klub ishqibozlariga yoqmagani aniq, shuningdek, jamoa bu taktika ustida jiddiy ishlamagani ochiq-oydin ko‘rinib qoldi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:56, 18.01.2017.
O'qildi: 10605 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.