Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: "O‘yinimizga mos bo‘lmagan duranglarimiz ko‘payib ketdi"

Mourinyo: "O‘yinimizga mos bo‘lmagan duranglarimiz ko‘payib ketdi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Stok Siti" bilan durangdan so‘ng (1:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu birinchi daqiqadanoq g‘alaba uchun o‘ynagan ikki jamoaning prinsipial uchrashuvi bo‘ldi. Ammo 25-daqiqadan so‘ng g‘alaba qozonishni istaydigan bitta jamoa qoldi, ikkinchisi himoyalanishni afzal bildi va buni juda yaxshi uddaladi.

Raqib juda yaxshi mehnat qildi va bizni to‘xtatishga urindi. Bizda gol urishdan boshqa barcha ishlarimiz o‘ngidan keldi.

Biz aqlbovar qilmas vaziyatlardan foydalana olmadik. Biz to‘sinni poyladik, "Stok"ni darvozaboni qutqardi, biz noaniq zarba berdik - natija durang bo‘ldi.

Bizning hujumkor o‘yinimizga mos bo‘lmagan duranglarimiz ko‘payib ketdi. Raqib darvozabonlari bizga qarshi a’lo darajada o‘ynamoqdalar.

Runining rekordi? Rekord bu rekord. Bu Angliyaning eng katta klubi va dunyoning eng katta klublaridan birining rekordi. Runigacha bu rekord "MYU" afsonasiga tegishli edi, endi Runi ham afsonaga aylandi", - deydi Mourinyo.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:09, 22.01.2017.
O'qildi: 6295 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.