Angliya futbol assosiasiyasi (FA) «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Vengerni hakamga nisbatan ahloqsizlik qilishda aybladi.
Mutaxassis «Byornli» (2:1) klubiga qarshi o‘yinning 93-daqiqasida belgilangan penaltidan norozi bo‘lib, yordamchi hakamni turtib yuborgan va maydondan chetlatilgandi.
Endi u 26 yanvargacha bu aylov yuzasidan o‘z javobini berishi kerak.