O‘zbekiston terma jamoasi yozda Tailand bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
FIFA rasmiy saytining xabariga ko‘ra, uchrashuv 6 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Bu o‘yin terma jamoamiz uchun 12 iyun kuni safarda o‘tkaziladigan Eron termasiga qarshi JCH-2018 saralash bellashuviga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.