Toshkentning «Paxtakor» klubi fevral oyida Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Toshkentliklar u yerda bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishini rejalashtirgan. Jumladan, 16 fevral kuni Rossiya premyer-ligasi vakili, Samaraning «Krilya Sovetov» klubi bilan nazorat o‘yini bo‘lib o‘tadi.