Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

Suhrob Berdiyev va Orif Mamajonov bir-birini qanchalik yaxshi bilishadi?

Suhrob Berdiyev va Orif Mamajonov bir-birini qanchalik yaxshi bilishadi?

Baho:
+ | -

 

Bugungi suhbat qahramonlari – «Qo‘qon-1912» a’zolari Suhrob Berdiyev va Orif Mamajonov.

Loyihamiz ishtirokchilariga odatga ko‘ra, bir xil savollar bilan murojaat qildik. E’tiborlisi, ular do‘stlari bergan javoblardan bexabarlar. Ko‘raylik-chi, bir-birlarini qanchalik yaxshi bilishar ekan?

O‘rtangizdagi do‘stlik qachondan boshlangan?Do‘stingizning aynan qaysi xislatini qadrlaysiz?Belgilangan uchrashuvga vaqtida keladimi?Do‘stingiz yolg‘on gapirib turadimi?Tug‘ilgan kuni qachon?Qaysi faslni yaxshi ko‘radi?Do‘stingiz qaysi taomni xush ko‘rib iste’mol qiladi?Ishonuvchanmi?Mag‘lubiyatni qanday qabul qiladi?Futboldan tashqari qiziqishlarini bilasizmi?Do‘stingizning orzusi…

Suhrob Berdiyevning javoblari:

Orif bilan 2012 yili «Olmaliq» jamoasida tanishganmiz. Safardagi o‘yinlarga borganimizda ham bir xonada yashaymiz. U eng yaqin sirdoshlarimdan biri hisoblanadi. O‘yindan oldin va keyin albatta, birgalikda uchrashuvni muhokama qilamiz. Ko‘z tegmasin, 5 yildan beri do‘st bo‘lib kelyapmiz.Barcha ijobiy xislatlarini qadrlayman. Insonni eshitishni biladi. Gapingizni yarmidan bo‘lmaydi. So‘zlarimni oxirigacha tinglaganidan keyingina o‘z fikrini aytadi. Hazilni ko‘tara oladi.Ko‘proq u birinchi keladi. Menda biroz kech qolish odati bor. Hech shu kamchiligimni yo‘qota olmayapman. Bu borada do‘stimga havas qilaman.SHu kungacha biror marta ham yolg‘on gapirganini eshitmaganman, bilmaganman.1990 yilning 5 fevral kuni tavallud topgan. Mendan ikki oyga katta. Ta’bir joiz bo‘lsa, mendan bitta ko‘ylak ko‘proq kiygan. Balki, shunga bo‘lsa kerak, ko‘pincha undan maslahat so‘rab turaman. Do‘stimni har doim birinchilardan bo‘lib tabriklashga harakat qilaman.Bahorni yoqtiradi. Yomg‘irli kunlarda sayr qilishni xush ko‘radi. Aynan shu faslda chempionatimiz boshlanishi uchun ham yaxshi ko‘rsa kerak, deb o‘ylayman.Palovni xush ko‘radi. O‘zi ham pazanda, qo‘li juda shirin.O‘ta ishonuvchan. Aynan shu ishonuvchanligi va ko‘ngli bo‘shligi ba’zan pand berib qo‘ygan.Mag‘lubiyatlar juda qattiq ta’sir qiladi. Yurakka yaqin oladi. Mag‘lubiyatni esdan chiqarishi, yengib o‘tishi qiyin kechadi. Bunday holatlarda unga dalda berish, ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilaman.Futboldan tashqari bo‘sh vaqtini asosan oilasi davrasida o‘tkazadi. O‘yin va mashg‘ulotlardan keyin darhol uyiga oshiqadi. Katta tennisga juda qiziqadi.Eng katta orzusi – milliy terma jamoa libosida maydonga tushish. Ko‘p yolg‘iz qolib gaplashgan paytlarimizda shu haqda gapiradi.

Orif Mamajonovning javoblari:

Aniq esimda, Suhrob bilan 2012 yili «Olmaliq»da o‘ynab yurgan kezlarimiz tanishganmiz. Yoshimiz teng bo‘lgani uchun do‘stlashib ketishimiz oson kechgan. Besh yildan beri qalin do‘stmiz. Orada bir yil boshqa-boshqa jamoalarda o‘ynadik: men «Qo‘qon-1912»da, Suhrob esa «Sho‘rtan»da. Taqdir ekan, o‘tgan yildan yana bir jamoada o‘ynash baxti nasib qildi.Rostgo‘y, soddadil, hech qachon yolg‘on gapirmaydi. Qo‘lidan kelgancha yordam berishga intiladi. Hech qachon «bilmayman», degan javobni bermaydi. Hech bo‘lmaganda, o‘sha masala bo‘yicha o‘z fikrini bildiradi.To‘g‘risini aytsam, uchrashuvlarga birinchi men yetib kelaman. Uning ozgina kech qoladigan odati bor.SHaxsan meni aldamagan. Boshqalar bilan munosabatda ham yolg‘on ishlatmagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Chunki uning xarakteri shunday. Yolg‘on gapirmoqchi bo‘lsa, yuzi qizaradi. Bir-ikki marta ko‘nglimga tegmasligi uchun yolg‘on ishlatgan. Lekin bu yaxshilik yo‘lida ishlatilgan so‘z bo‘lgani uchun yolg‘onga tenglashtirilmaydi.Suhrob bilan bir yilda tug‘ilganmiz: men 5 fevral, u esa 12 aprelda. Shuning uchun bo‘lsa kerak, juda qalin do‘stmiz. Bir-birimizni ham maydonda, ham uning tashqarisida bir qarashdayoq tushunamiz.Kuzni yaxshi ko‘radi. Xazonrezgi, yomg‘irli kunlarda sayr qilishni yoqtiradi.Palovni yaxshi ko‘radi. Lekin o‘zi pazanda emas, taom pishirishni bilmaydi.Menga o‘xshab o‘ta ishonuvchan.YUtqazishni umuman istamaydi. Shu boismi, mag‘lubiyatli o‘yinlarda tushkun holatga tushib qoladi. Ammo esdan chiqarishga urinadi. Ko‘p ko‘rganman, yo‘l qo‘ygan xatolarini tahlil qiladi.Ko‘pincha bo‘sh vaqtini trenajyor zalida o‘tkazishga intiladi. O‘z ustida ko‘p ishlaydi.Barcha futbolchilarning oliy orzusi – milliy terma jamoa safida maydonga tushish. Unda ham shu istak birinchi o‘rinda turadi.

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:48, 25.01.2017.
O'qildi: 4627 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.