Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Zinedin Zidan: "Taslim bo‘lmaymiz, bu futbol"

Zinedin Zidan: "Taslim bo‘lmaymiz, bu futbol"

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya kubogi chorak finalining javob uchrashuvidan so‘ng (2:2) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz taslim bo‘lmaymiz. O‘yin oxirigacha yaxshi o‘ynadik. Ammo bizga nimadir yetishmadi, raqiblarni tabriklayman.

Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik - bu ijobiy holat, ammo musobaqadan chiqib ketganimiz achinarli bo‘ldi. Endi faqat Ispaniya chempionati haqida o‘ylaymiz. Primera va chempionlar ligasida kurashni davom ettiramiz.

O‘yinimiz yaxshi tashkil etilmayapti, degan fikrga qo‘shilmayman. To‘g‘ri, o‘yindan kam gol uryapmiz, standartlardan ko‘proq gol uryapmiz. Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, raqib darvozasiga ko‘p xavf soldik.

Bu o‘yinni unutishimiz kerak, tez orada boshqa musobaqada uchrashuv o‘tkazamiz.

BU futbol. Bizda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Ammo biz hammasini to‘g‘irlashga harakat qilamiz. Agar ishlashda davom etsak - hammasi joyida bo‘ladi. Men bezovta emasman va jahlim chiqqani yo‘q, bu futbol", - deydi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 04:45, 26.01.2017.
O'qildi: 15550 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик