Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Yarim asrlik rekord: «Katta dubulg‘a» finalida kortga tushadigan tennischilarning barchasi 30 yoshdan katta

Yarim asrlik rekord: «Katta dubulg‘a» finalida kortga tushadigan tennischilarning barchasi 30 yoshdan katta

Baho:
+ | -

Australian open—2017 ni o‘zbekistonlik tennis muxlislari Denis Istominning mardonavor yurishi bilan eslab qoladigan bo‘ldi. Umuman bu turnir o‘zining kutilmagan natijalari bilan ham yodda qoladi.

«Sports.ru» ma’lumotiga ko‘ra, 1968 yildan buyon ilk bor «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning yakkalikdagi finalchilari 30 yoshdan oshgan sportchilarni tashkil qildi. 30 yoshli Rafayel Nadal o‘zidan besh yosh kichik bo‘lgan Grigor Dimitrovni turnirdan chiqarib yuborgach, sal kam yarim asrdan buyon kuzatilmagan voqea nafaqat takrorlandi, balki sportchilarning umumiy yoshi borasida rekordga ham aylanib ketdi.

Nadalga qarshi hal qiluvchi o‘yinda kortga tushadigan Rojer Federer 35 bahorni qarshi olgan. Ayollar o‘rtasidagi final bellashuvlarida ishtirok etadigan opa-singil Uilyamslarning yoshi Federernikidan kam emas. Singil Serena Federer kabi 35 yoshda bo‘lsa, Vinus 36 yoshga qadam qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, mazkur to‘rt raketka ustasi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi to‘rt musobaqada umumiy hisobda 60 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan. Bu ham finallarda raqobat hosil qilgan juftliklar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:22, 28.01.2017.
O'qildi: 4817 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.