Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Real»: Kubok bo‘lmasa, Liga

«Real»: Kubok bo‘lmasa, Liga

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubiga nihoyat yana omad kulib boqdi. La Ligadagi raqiblari «Barselona», «Sevilya» va «Atletiko» ushbu turda ochko yo‘qotgach, Zidan jamoasi turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Real Sosyedad» ustidan qozonilgan g‘alaba madridliklar yanvar oyida duch kelgan qora kunlarga nuqta qo‘ydi.

Qirol Kubogini chorak finalda tark etgach, so‘nggi paytlarda yaxshi holatda bo‘lmagan «Real» La Liga 20-turi oldidan anchagina kuchli bosim ostida edi. O‘yin oldidan esa muxlislar Karim Benzema, Danilo va Fabio Koentrauga nisbatan hushtakbozliklar uyushtirdi. «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yin boshidagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli esa bunday hushtakbozliklar Krishtianu Ronalduga ham qaratildi.

Tabiiyki, 31 yoshli futbolchiga bu yoqmadi va buni muxlislarga ham bildirdi. Biroq uning haqiqiy javobi Mateo Kovachichnig goliga hammualliflik qilishi va aynan xorvatiyalik yarim himoyachining uzatmasida keyin hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirishi bilan bo‘ldi. Inigo Martines maydondan chetlatilgach esa Benzemaning o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan Alvaro Morata o‘yindagi so‘nggi golni urdi va madridliklar so‘nggi haftalarda duch kelgan omadsizliklar nihoyat yakunlandi.

Bungacha «Atletiko» «Alaves» maydonida nursiz durang qayd etgan, «Barselona» ham o‘zining qoniqarsiz o‘yini, ham hakamning qo‘pol xatosi tufayli «Betis»ni mag‘lub etolmagandi. «Sevilya» esa «Espanyol» bilan o‘yin boshidayoq maydonda 1 kishi kam bo‘lib qolib, yakunda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa «Real» endi «Barselona» va «Sevilya»dan 4, «Atletiko»dan esa 10 ochkoga oldinlab ketdi. Bundan tashqari madridliklarning zaxirasida «Valensiya»ga qarshi qoldirilgan o‘yin ham bor.

Luka Modrich, Marselo, Garet Beyl, Dani Karvaxal, Xames Rodriges, Pepe singari futbolchilar jarohat tufayli maydondan tashqarida qolayotgan bir paytda «Real Sosyedad» ustidan qozonilgan ushbu g‘alaba juda muhimdir. Endi esa «Real»ni Qirol Kubogidan chiqarib yuborgan «Selta»ga qarshi mehmonda o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinda sariq kartochkalari soni tufayli diskvalifikasiyaga uchragan Toni Kroos ham ishtirok eta olmaydi.

Hozirgi vaziyatda Qirol Kubogidan chiqib ketganligi «Real»ning foydasiga ishlashi mumkin. Bir tarafdan madridliklarning navbatdagi to‘g‘ridan-to‘gri raqibi «Selta» hafta o‘rtasida o‘yin o‘tkazib, «Real» bilan o‘yinga nisbatan charchaga holda yetib kelsa, boshqa tarafdan chempionlik yo‘lidagi raqiblari «Barselona» va «Atletiko» bir-biriga qarshi qiyin o‘yinlar o‘tkazadi va La Liga uchun nisbatan kamroq kuchlari qoladi. Xullas, «Real» uchun endi La Ligada chempionlikka erishish uchun ajoyib imkoniyat mavjud.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 15:17, 30.01.2017.
O'qildi: 12214 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.