Yilning birinchi oyi - yanvar butun jahon futbolida sokin davr hisoblanadi aslida. To‘g‘ri, bu vaqtda klublar o‘rtasidagi musobaqalar davom etaveradi.
Qolaversa, 2011 va 2015 yilgi Osiyo kubogi bahslari aynan yanvarga to‘g‘ri kelgani bois, jahon ommasi e’tibori qit’amizga qaratilgandi. Shuningdek, Afrika milatlar kubogi ham asosan yilning ilk oyida o‘tkaziladi. Yevropada esa, CHLning «pley-off» raundlari fevralda start oladi. Qisqasi, yanvarda terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari ham ko‘pincha Osiyo va AQSH tomonlarda tashkillashtiriladi. Deylik, milliy futbolimiz uchun yanvar oyi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining eng muhim pallasi sanaladi.
Xususan, agar yirik turnirlar o‘tkazilmasa, terma jamoamiz faqat saralash bahslari oldidan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Ha, so‘nggi 2ta Osiyo kubogi yanvarga belgilanganidan buyon bu oy biz uchun muhim davrlardan biriga aylandi. Demak, jamoamiz uchun iqlim jihatidan ancha murakkab sanalgan birinchi oyga qaratilgan maxsus tayyorgarlik tizimi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, vakillarimiz Osiyo miqyosidagi turnirlarda doimo guruhdan chiqyapti. Lekin keyingi raundlarda «fizika» pand beryapti. Samvel Babayan yanvar oyida 2ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etishga ulgurdi.
To‘g‘ri, daniyalik yoshlarga qarshi kechgan o‘yin hisobga kiritilmaydi, Gruziya termasi bilan bahs esa, ilk oyning umumiy statistikasini biroz o‘zgartirdi. Demak, bugun terma jamoamiz yanvar oyida qanday o‘ynagani xususida batafsil to‘xtalamiz.
2011 yil 21 yanvar. Shu kuni Qatarning Doxa shahrida joylashgan «Xalifa» stadionida Osiyo kubogi chorak final o‘yini o‘tkazildi. Bu uchrashuv biz uchun ikki tomonlama ahamiyatli. Birinchidan, u butun jahon e’tiborini tortdi. Ya’ni hattoki, xalqaro ekspertlar ham o‘yin sifatiga yuqori baho berdilar. Ikkinchidan, yarim final taqdirini hal qilgan 2-raqamli hujumchi Ulug‘bek Baqoyev jahon bo‘yicha o‘sha haftaning eng yaxshi futbolchisi maqomiga loyiq ko‘rildi.
Demak, milliy jamoamizning Osiyo chempionatidagi eng yuqori natijasini ta’minlagan o‘yinda maydonga tushgan tarkibni eslaymiz: Ignatiy Nesterov (Temur Jo‘rayev, 62), Sahob Jo‘rayev, Shavkat Mullajonov, Sanjar Tursunov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov (Stanislav Andreev, 57), Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Ulug‘bek Baqoyev, Aleksandr Geynrix (Anzur Ismoilov, 70).
Odatda yanvar oyida yurtimizda o‘yin o‘tkazilmaydi. E’tibor bering, jamoamizning ilk oyga to‘g‘ri kelgan jami 16ta o‘yinidan 6tasiga Doxa mezbonlik qilgan. Aslida bizda yilning xohlagan oyida mashg‘ulot olib borish imkoniyati yo‘q emas. Buning uchun yetarli infratuzilma shakllangan. Balki rasmiy turnirlardan xoli yillarning yanvarida xalqaro turnir uyushtirish foyda berar? Harqalay, Yevropaning o‘rtamiyona jamoalari va Osiyo yetakchilari, shuningdek, Shimoliy Amerikaning raqobatbardosh vakillaridan 7tasini taklif etib, 8ta ishtirokchi orasida maxsus turnirni yo‘lga qo‘yish muxlislarga ham ma’qul tushsa kerak. Muhimi, termamiz ayni payt shunday turnirga muhtoj. Mana, JCH saralashining yarmiga yetib keldik. Biroq sparring-raqib topish va jismoniy tayyorgarlikni maromiga yetkazish bo‘yicha hamon muammolar ko‘p. Balki turnir tashkil etilsa, dastlab mukofot jamg‘armasi borasida qiyinchiliklar bo‘lar, lekin bu muammoni keyinchalik hal etish mumkin.
O‘zbekiston milliy jamoasining yanvar oyidagi o‘yinlari statistikasi
T|r. |
Sana |
O‘yin |
Shahar, stadion |
O‘yin maqomi |
Hakam |
Gol mualliflari |
Sar.|qiz. kartochka |
Bosh murabbiy |
1. |
17.01.2001 |
Isroil - O‘zbekiston - 2:0 |
Beyt-SHean, «Munisipial» |
O‘rtoqlik |
Ali Oydin (Turkiya) |
- |
- |
V.Salkov |
2. |
28.01.2009 |
BAA - O‘zbekiston - 0:1 |
Sharja, «Al-SHarja» |
OK-2011 saralashi |
Yuichi Nishimura (YAponiya) |
F.Tojiyev (30) |
A.Ismoilov (85), E.Magdeev (85), R.Melzitdi- nov (90+2) |
M.Qosimov |
3. |
02.01.2011 |
O‘zbekiston - Iordaniya - 2:2 |
Dubay, «Al-Vasl» |
O‘rtoqlik |
|
J.Hasanov (70), O.Novkarov (77) |
- |
V.Abramov |
4. |
07.01.2011 |
Qatar - O‘zbekiston - 0:2 |
Doxa, «Xalifa» |
OK-2011 |
Yuichi Nishimura (YAponiya) |
O.Ahmedov (59), S.Jeparov (77) |
- |
V.Abramov |
5. |
12.01.2011 |
O‘zbekiston - Quvayt - 2:1 |
Doxa, «Al-Garafa» |
OK-2011 |
Navaf Shukrullo (Bahrayn) |
M.SHaskix (40), S.Jeparov (65) |
A.Geynrix (62), J.Hasanov (88) |
V.Abramov |
6. |
16.01.2011 |
O‘zbekiston - Xitoy - 2:2 |
Doxa, «Al-Garafa» |
OK-2011 |
Abdulla al Hiloliy (Ummon) |
O.Ahmedov (30), A.Geynrix (46) |
A.Haydarov (26), A.Ismoilov (54), T.Kapadze (66) |
V.Abramov |
7. |
21.01.2011 |
O‘zbekiston - Iordaniya - 2:1 |
Doxa, «Xalifa» |
OK-2011 |
Abdul Malik (Singapur) |
U.Baqoyev (46, 49) |
U.Baqoyev (48), S.Tursunov (90) |
V.Abramov |
8. |
25.01.2011 |
O‘zbekiston - Avstraliya - 0:6 |
Doxa, «Xalifa» |
OK-2011 |
Ali al Badvaviy (BAA) |
- |
U.Baqoyev (57, 67 - qiz.), A.Haydarov (67) |
V.Abramov |
9. |
28.01.2011 |
O‘zbekiston - J.Koreya - 2:3 |
Doxa, «Al-Sadd» |
OK-2011 |
Abdul Malik (Singapur) |
A.Geynrix (45-pen., 54) |
SH.Salomov (85), SH.Mullajo- nov (87), A.Geynrix (90) |
V.Abramov |
10. |
16.01.2012 |
Quvayt - O‘zbekiston - 1:0 |
Al-Quvayt, «Tinchlik» |
O‘rtoqlik |
|
- |
- |
V.Abramov |
11. |
29.01.2012 |
BAA - O‘zbekiston - 1:0 |
Dubay, «Al-Nasr» |
O‘rtoqlik |
|
- |
SH.Karimov (29), I.To‘xtaxo‘ja- yev (71), O.Qilichev (83), A.Geynrix (90) |
V.Abramov
|
12. |
10.01.2015 |
O‘zbekiston - KXDR - 1:0 |
Sidney, «Avstraliya» |
OK-2015 |
Navaf Shukrulloh (Bahrayn) |
I.Sergeev (62) |
A.SHorahme-dov (86) |
M.Qosimov |
13. |
14.01.2015 |
Xitoy - O‘zbekiston - 2:1 |
Brisben, «Brisben» |
OK-2015 |
Abdulla Hasan Muhammad (BAA) |
O.Ahmedov (22) |
SH.Mullajo-nov (18) |
M.Qosimov |
14. |
18.01.2015 |
O‘zbekiston - S.Arabistoni - 3:1 |
Melburn, «To‘rtburchak» |
OK-2015 |
Benjamin Uilyams (Avstraliya) |
S.Rashidov (2, 79), V.SHodiyev (71) |
SH.Muhamma-diyev (54) A.Ismoilov (58), V.Denisov (59), V.SHodiyev (78) |
M.Qosimov |
15. |
22.01.2015 |
J.Koreya - O‘zbekiston - 2:0 |
Melburn, «To‘rtburchak» |
OK-2015 |
Fahad Mirdasiy (S.Arabistoni) |
- |
V.Denisov (57), A.Ismoilov (86) |
M.Qosimov |
16. |
23.01.2017 |
O‘zbekiston - Gruziya - 2:2 |
Dubay, «Sevens» |
O‘rtoqlik |
|
E.SHomuro- dov (45,78) |
A.Ahmedov (89-qiz.) |
S.Babayan |
Yanvar oyiga tegishli faktlar
2017 yil yanvariga kelib, terma jamoamizning qishda o‘tkazgan o‘yinlariga bog‘liq quyidagi statistika vujudga keldi:
Yillar bo‘yicha: 2001 - 1ta, 2009 - 1ta, 2011 - 7ta, 2012 - 2ta, 2015 yil - 4ta, 2017 - 1ta
Uchrashuvlar maqomiga ko‘ra: rasmiy o‘yinlar - 11ta, o‘rtoqlik uchrashuvlari - 5ta.
Natijalarga ko‘ra: g‘alaba - 6ta, durang - 3ta, mag‘lubiyat - 7ta. Yirik g‘alaba - yo‘q, yirik mag‘lubiyat - 1ta.
Murabbiylar bo‘yicha: V.Salkov - 1ta, M.Qosimov - 5ta, V.Abramov - 9ta, S.Babayan - 1ta.
Gollar bo‘yicha: 12 nafar futbolchimiz 20ta gol urgan. Ulardan 1tasi penalti samarasi. «Dubl» - 4ta.
Seriyalar. Terma jamoamizning bu oydagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 6ta uchrashuvdan iborat bo‘lib, bu oraliqda 4ta g‘alaba va 2ta durang qayd etilgan. 5ta o‘yinda futbolchilarimiz gol ura olishmagan.
Yanvar oyi to‘purarlari
T|r. |
Futbolchi |
Gollar soni (penaltidan) |
1. |
O.Ahmedov |
3ta |
2. |
A.Geynrix |
3ta (1) |
3-6. |
U.Baqoyev, S.Jeparov, S.Rashidov, E.SHomurodov |
2ta |
7-12. |
F.Tojiyev, J.Hasanov, O.Novkarov, M.SHaskix, I.Sergeev, V.SHodiyev |
1ta |