Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Diqqat, KK-2017 va JCH-2018 o‘yinlarini tomosha qiluvchilar «Muxlis pasporti»ni rasmiylashtirishi shart

Diqqat, KK-2017 va JCH-2018 o‘yinlarini tomosha qiluvchilar «Muxlis pasporti»ni rasmiylashtirishi shart

Baho:
+ | -

Bugun Rossiyada «Muxlis pasporti»ni ilk egalariga topshirish marosimi o‘tkazildi. Usiz Konfederasiyalar kubogi – 2017 va Jahon chempionati – 2018 o‘yinlarini tomosha qilish imkoniyati bo‘lmaydi.

Muxlis pasporti yoki FAN ID – egasining ismi, familiyasi ko‘rsatilgan, fotosurati joylashtirilgan, shuningdek magnit tasmasiga ega bo‘lgan plastik kartochkadir.

O‘yinlar o‘tkaziladigan stadionga kirish uchun muxlislar chipta bilan birga «muxlis pasporti»ga ham ega bo‘lishi shart. Agar chipta qo‘lingizda bo‘lsayu, «muxlis pasporti»ga ega bo‘lmasangiz stadionga kirolmaysiz.

«Muxlis pasporti»ning har bir egasi maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va shahar ichidagi transportda, shuningdek o‘yinlar o‘tkaziladigan shaharlararo poyezdlarda mutlaqo bepul harakatlanish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, stadionda va uning atrofida amalga oshirilgan qoidabuzarliklar bu pasportga kiritib boriladi. Agar bezorilik qilinsa, undan mahrum qilinadi.

«Muxlis pasporti»ni olish uchun oldin o‘yin chiptasi sotib olinishi shart. Shundan so‘ng maxsus saytda ro‘yxatdan o‘tish lozim. Jarayon juda oddiy – fuqarolik pasporti ma’lumotlari kiritiladi, fotosurat yuklanadi va «muxlis psporti»ni yetkazish usuli tanlanadi. Uni maxsus markazlarda olish mumkin yoki pochta orqali yetkazib beriladi.

Muhim eslatma, «Muxlis pasporti»ni faqat chipta xarid qilinganidan so‘ng olish mumkin. Bundan tashqari, chiptasi bor, lekin «muxlis pasporti»ga ega bo‘lmaganlar stadionga kiritilmaydi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:53, 01.02.2017.
O'qildi: 15136 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.