Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017": Yettinchi kun

"Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017": Yettinchi kun

Baho:
+ | -

Farg‘onada davom etayotgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasida navbatdagi kun o‘yinlari o‘tkazildi.

“Neftchi” yoshlarining g‘alabasi

“Neftchi-2” jamoasi turnirdagi uchinchi g‘alabasini tantana qildi. Bahrom Haydarov shogirdlari bu safar “Farovon” klubini dog‘da qoldirishdi. Mazkur g‘alabadan keyin “Neftchi” yoshlarining to‘plagan ochkolari soni 9 taga yetdi va ular guruhda peshqdamlikni qo‘lga olishdi. Aytish joizki, Bahrom Haydarov shogirdlari birinchi bo‘lib yarim final ishtirokchisiga aylanishdi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda jangavor durang qayd etildi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

 “S” guruhi

4-tur

“Neftchi-2” – “Farovon” – 2:0

 “Barkamol avlod” – “Yozyovon lochinlari” – 3:3

4-turdan keyingi holat:

Neftchi-2 3 3 0 0 10-4 9
Barkamol avlod 4 1 2 1 11-11 5
Farovon 3 1 0 2 3-6 3
Toshloq 3 0 2 1 3-4 2
Yozyovon lochinlari 3 0 2 1 6-8 2

 

“Qo‘qon-1912” yoshlari ham uch ochkoga ega bo‘lshdi

“D” guruhida ishtirok etayotgan “Qo‘qon-1912-2” futbolchilari ham musobaqadagi uchinchi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi. “FarDU”ga qarshi kechgan o‘yinni shiddatli boshlagan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari raqiblarini 2:1 hisobida dog‘da qoldirishdi.

O‘yinning 42-daqiqasida Sardor Isaqov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Uning uzoq masofadan bergan zarabasini “talabalar” darvozaboni qaytarishga ojiz qoldi.

Ikkinchi bo‘lim yoshlarimiz uchun omadsiz boshlandi. 48-daqiqada “FarDU” futbolchisi  Sardor Masodiqov darvozamizni aniq nishonga oldi.

68-daqiqada yoshlarimiz yana oldinga chiqib olishdi. Islom Karimov yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Mazkur hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmay qoldi va qo‘qonlik yoshlarning navbatdagi uch ochkoga ega bo‘lishdi.

“Mash’al-2” jamoasi Andijon viloyati vakilini yirik 6:0 hisobida dog‘da qoldirdi. “Sementchi-2” jamoasi musobaqadagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

 

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“D” guruhi

4-tur

 “Qo‘qon-1912-2” – “FarDU” 2:1 (1:0)

Gollar: Sardor Isaqov-42, Islom Karimov-68. – Sardor Masodiqov.

“Qo‘qon-1912-2”: 30. Islom Abdullayev,   5. Doniyor To‘lashev,  8. Islom Karimov, 10. Iqbol Malikjonov, 11. Ibrohim Muxtorov, 21. Doston Meliqo‘ziyev, 19. Shoxrux Xolmatov, 22. Orif Mamajonov, 25. Dilshod Baratov, 26. Sardor Isaqov,  27. Ismoil Oxunjonov.

Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 2. Muhsin Baratov, 4. Ma’mur Rahimov, 6. Ramzbek Isaqov, 14, Ibrohim Ahmadjonov, 15. Mo‘min Sodiqjonov, 17. Abror Ergashev.

“FarDU”: 1. Doston Mirxzarimov, 4. Zuhriddin Rahmatov, 3. Xo‘jamurod Nasriddinov, 6. Mashhur G‘ulomov, 5. Doston Rahimjonov, 21. Kozim Ahmadjonov, 14. Qahramon Mamadaliyev, 10. Sherdor Turanov, 77. Bekzod Alijonov, 15. Shahboz Mo‘minov, 8. Sardor Masodiqov.

Zaxira:  71. Faxriddin Mirzaqosimov, 7. O‘tkir Mahmudov, 13. Abbos Salimjonov, 11. Akbar Sobirov, 12. Sobir Abdumo‘minov, 16. Rustam Solijonov, 17. Muhammadsodiq Hakimjonov.

Sementchi-2 – Sirdaryo  – 2:1

Mash’al-2 – O‘z Tong Xong Ko  – 6:0

 

4-turdan keyingi vaziyat:

Mash’al-2 4 3 1 0 11-2 10
Qo‘qon-1912-2 4 3 0 1 74 9
FarDU 4 2 1 1 8-4 7
O‘z Tong Xong Ko 4 2 0 2 7-10 6
Sementchi-2 4 1 0 3 5-9 3
Sirdaryo yoshlar tj 4 0 0 4 3-11 0

 

“NORIN” BILAN O‘YNAYMIZ

Bugun musobaqada uchta uchrashuv o‘tkaziladi. Bugun “Qo‘qon-1912-1” jamoasi “Norin”ga qarshi maydonga tushadi.  Mazkur uchrashuv Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 14:30da boshlanadi.

Bugungi o‘yinlar anonsi:

“A” guruhi

4-tur

2 fevral

Neftchi-1 – Navbahor           soat 14:30   Neftchi SK

 

“B” guruhi

4-tur

2 fevral

Andijon – Sementchi-1                  soat 11:00   FarDU SM

Qo‘qon-1912-1 – Norin                    soat 14:30   FarDU SM

 

MURABBIY QANDAY FIKRDA?

Ravshan Mirzakarimov (“FarDU” jamoasi bosh murabbiyi): – Musobaqa yuqori saviyada o‘tmoqda. Aynan mana shunday turnirda ishtirok etish bizning yosh futbolchilarimizga o‘ziga xos tajriba maktabi bo‘lmoqda. Masalan, “Mash’al-2” va “Qo‘qon-1912-2” jamoalari qarshi kechgan bahslardan keyin o‘yinchilarimning mahorati oshgani shubhasiz.

Musobaqaning nufuzi yildan-yilga oshib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu turnir yetakchi jamoalar uchun yaramarka vazifasini o‘tamoqda desam adashmayman.

Bizning turnirdagi ishtirokimiz yaxshi bo‘ldi, deyishga asoslarimiz bor. “Mash’al-2” bilan durang o‘ynadik. “Qo‘qon-1912” yoshlari bilan ham tengma-teng kurash olib bordik.

Guruhdagi oxirgi uchrashuvimizda ham ijobiy natija qayd etishni maqsad qilganmiz. Kezi kelganda, turnir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 09:24, 02.02.2017.
O'qildi: 3642 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.